Erondagi urush oqibatlari kutilganidan ham og‘irroq bo‘ladi — DW.
Yaqin Sharqdagi urush zudlik bilan to‘xtab, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi tiklangan taqdirda ham, jahon iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlardan qochib bo‘lmaydi. Bo‘g‘ozning bloklanishi bozordan nafaqat neft va gazni, balki o‘g‘itlar, alyuminiy va boshqa muhim xom ashyolarning katta hajmini chiqarib yubordi. Zahiralarni to‘ldirish uchun vaqt talab etilishi sababli narxlar tez pasaymaydi.
Evrohududda xomashyo narxining oshishi allaqachon 2022 yildan buyon eng keskin inflyasiya sakrashiga sabab bo‘ldi. Mart oyida iste’mol narxlari yillik hisobda o‘rtacha 2,5 foizga, Germaniyada esa 2,8 foizga oshdi.
Iste’molchilar uchun bu birinchi navbatda yoqilg‘i narxida aks etmoqda: Germaniyada benzin 15 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi. Shuningdek, aviachiptalar narxi ham keskin ko‘tarilmoqda — Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi yo‘nalishlarda iyun oyida chiptalar o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga qimmat bo‘lishi kutilmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, birjada gaz narxining oshishi keyinroq seziladi, chunki tariflar davlat tomonidan tartibga solinadi. Biroq gaz sanoat va energetikada keng qo‘llanilgani sababli, uning iqtisodiyotga salbiy ta’siri uzoq davom etadi va kuchliroq bo‘ladi.