2-iyul yakshanba kuni Kiyevshina viloyatida o‘smir yigit rashk sabab o‘z joniga qasd qildi. Bu voqeaning yagona guvohi esa uning sevgilisi bo‘ldi, deya xabar berdi “24tv.ua”.
Ma’lum qilinishicha, Gorodishch-Pustovarovk qishlog‘ida yakshanba kuni endigina 16 yoshini qarshi olgan Vladislav bu dunyoni tark etgan. Uyning oldidan to qabristongacha yo‘l oppoq gullar bilan bezatilgan. Baxtsiz sevgisi tufayli o‘zini osganligi haqidagi xabar esa barchani hayratda qoldirdi.
Eng yaqin o‘rtog‘ining ta’kidlashicha, Vladislav sevgan qizi bilan janjallashib qolgan. Bir oy o‘tar-o‘tmas qiz boshqasi bilan uchrashishni boshlagan. Mudhish voqea yuz bergan tunda juftlik tungi klublarning birida ko‘rishishadi.
Yigit qizga agar yoniga qaytmasa, o‘z joniga qasd qilishini aytadi. Qiz esa uning bu gaplariga ishonmaydi. Vladislav bo‘lsa sevganining ko‘z oldida o‘zini osib o‘ldiradi.