2025 yil 05 yanvar kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX inspektorlari kichik serjant I.Kamolov va serjant D.Nazarovlar tomonidan Mahtumquli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan LI L9 rusumli avtomashina haydovchisi 1983 yilda tug‘ilgan J.K. to‘xtatilib uning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro J.K. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 192 prim 3-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro J.K. Yashnobod tumani IIO FMBga topshirildi.