Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona posti va Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi, DXX Sirdaryo tumani hamda DXX Chegara qo‘shinlari xodimlari hamkorligida Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tish maqsadida kirib kelgan “Kamaz” rusumli yuk avtotransport vositasi inspeksion ko‘rik majmuasidan o‘tkazildi.
Natijada transport vositasi tirkamasining ramasidagi bo‘shliqdan konteyner sifatida foydalangan holda bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan, dastlabki qiymati 97,5 mln. so‘mlik 4 xil turdagi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozir mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.