Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Yashil energiya” uchun aholiga 8,9 mlrd so‘m subsidiya berildi — Soliq qo‘mitasi

“Yashil energiya” uchun aholiga 8,9 mlrd so‘m subsidiya berildi — Soliq qo‘mitasi

Shu yilning yanvar-sentyabr oylarida 6 mingdan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalandi.

Ma’lumki, 2023 yil 1 apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, shu yilning yanvar-sentyabr oylarida 6 mingdan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) davlat byudjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Xorazm viloyati — 2,1 mlrd so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,5 mlrd so‘m;
  • Toshkent shahri — 1,2 mlrd so‘m.

Subsidiyani «Soliq» mobil ilovasining «Keshbek» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Kiritildi: 11:40 11.11.2024. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!