Yaponiyaning yangi Bosh vaziri Sigeru Isiba Shimoliy Koreya razvedkasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Yaponiya fuqarolari muammosini hal qilish uchun KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u o‘g‘irlanganlarning oilalari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
2002 yilda Pxenyan birinchi marta 13 nafar yapon fuqarosi o‘g‘irlanganini tan oldi va ulardan 5 nafariga o‘z vataniga qaytishga ruxsat berdi. Qolganlari o‘lgan deb e’lon qilindi, qoldiqlari qarindoshlariga jo‘natildi, ularning haqiqiyligini tasdiqlab bo‘lmagan.