Yaponiyaning dunyodagi eng yirik Kasivadzaki-Kariva atom elektr stansiyasi (AES) modernizasiyadan so‘ng o‘z faoliyatini qayta tiklashga tayyorlanmoqda.
Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Niigata prefekturasi gubernatori Xideyo Xanadzumi ko‘p yillik xavfsizlik tekshiruvlari va uning himoya mexanizmlarini takomillashtirishdan so‘ng AESni qayta ishga tushirishni ma’qulladi. Uning ta’kidlashicha, ko‘rilgan xavfsizlik choralari eng qat’iy standartlarga javob beradi va ob’ektning ishlashi mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Tokio elektr energetika kompaniyasi hozirda stansiyani qayta ishga tushirish uchun yakuniy tayyorgarlikni yakunlamoqda.
2011 yilda Fukusima-1 yadroviy avariyasidan so‘ng Kasivadzaki-Kariva AESdagi ishlar butunlay to‘xtatilgan edi.