Yaponiya prefekturasi Sagada yangi harbiy baza ochdi. Bu qaror Xitoyning harbiy faoliyati ortib borayotgan bir paytda mamlakatning janubiy-sharqiy orollarini himoya qilish maqsadida qabul qilindi. Bu haqda Kyodo agentligi Yaponiya Suxoput kuchlari bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Bazada favqulodda holatlarda maxsus tezkor javob bo‘linmalariga askarlar va yuk tashish uchun mo‘ljallangan Osprey turidagi harbiy-tashuvchi samolyotlar joylashtiriladi. Hozirgacha birinchi samolyot bazada joylashtirilgan.
Rejaga ko‘ra, 2025 yil avgust oyi o‘rtalariga qadar umumiy 17 ta samolyot va 420 nafar harbiy xizmatchi bazaga joylashtiriladi.