Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiya O‘zbekistonga 6,2 mln dollarlik 4 ta tibbiy mobil konteyner topshiradi

Yaponiya O‘zbekistonga 6,2 mln dollarlik 4 ta tibbiy mobil konteyner topshiradi

2 iyul kuni O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Yaponiya elchisi Xatori Takashi beg‘araz yordam doirasida amalga oshirilayotgan 1 mlrd iyenalik (6,262 mln dollar) «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi» bo‘yicha almashinuv notalarini imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi skanerlari, ultratovush, rentgen apparatlari bilan jihozlangan qo‘shimcha 4 ta tibbiy mobil konteyner yetkaziladi. Bu bilan respublika bo‘ylab samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaxshilanishi ta’kidlandi.

Kompyuter tomografiyasi skanerlari qator kasalliklarni aniqlashda muhim hisoblanadi. Mobil tibbiy konteyner har qanday joyda, jumladan, favqulodda vaziyatlarda ham xizmat ko‘rsatishi mumkin.

«Ushbu dastur chekka hududlar aholisining tibbiy xizmatlardan foydalanishini osonlashtirishi, sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini mustahkamlashi, shuningdek, O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shishi kutilmoqda», — deya qayd etdi Yaponiya elchixonasi matbuot xizmati

Kiritildi: 00:45 04.07.2024. O'qildi: 1676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!