Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Yaponiya Rossiya ko‘miriga bo‘lgan qaramlikdan qutulganini ma’lum qildi

A A A
Yaponiya Rossiya ko‘miriga bo‘lgan qaramlikdan qutulganini ma’lum qildi

Yaponiya 2022 yilning fevralidan keyin Rossiya ko‘miriga bo‘lgan qaramlikni kamaytirdi. Mamlakatning energetika kompaniyalari Indoneziya va Janubiy Afrikada muqobil yetkazib beruvchilarni qidirmoqda. Bu haqda Nikkei xabar berdi.

Yaponiya Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning fevral oyida Yaponiya Rossiyadan 230 ming tonna ko‘mir import qilgan. Bu 2022 yil fevraliga nisbatan 73 foizga kam.

2022 yilning aprelidan 2023 yilning fevraligacha import qariyb 6,5 million tonnani tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45 foizga kam.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya ko‘mirining umumiy importdagi ulushi bir yil oldingi 9 foizga nisbatan 2 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, Yaponiyaning Indoneziyadan ko‘mir importi xuddi shu davrda 28 foizga oshdi. Kanadadan import ikki baravar, Janubiy Afrikadan esa olti baravar oshdi.

2021 yil oxirida Rossiya Yaponiyaga ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha Avstraliyadan keyingi ikkinchi o‘rinda edi. Hozir Indoneziya yetkazib berish hajmi bo‘yicha Rossiyadan oldinda.

Kiritildi: 20:40 11.04.2023. O'qildi: 1530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!