Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiya Misrga 230 million dollar ajratadi

Yaponiya Misrga 230 million dollar ajratadi

Yaponiya hukumati 2024 yil iqtisodiy ahvoli og‘irlashgan, Yaqin Sharqda vaziyat yomonlashuvi ta’sirida qolgan Misrga 230 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda. “TASS” kun chiqar yurt tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib yozishicha, bu haqda Bosh vazir Fumio Kisida Prezident Abdulfattoh As-Sisi bilan Dubayda BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi – COP28 konferensiyasi doirasida kechgan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Muloqoti davomida tomonlar Falastin – Isroil munosabati yomonlashuvi bilan bog‘liq vaziyatni ham muhokama qilgan. Kisida Misrga diplomatik sa’y-harakati va G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib bergani uchun minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, Yaponiya pozisiyasini yana bir bor bildirib, xalqaro huquq me’yorini hurmat qilish muhimligini, “harbiy amaliyot vaqtida tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun barcha choralarni ko‘rish zarurligi”ni ta’kidlagan.

Kiritildi: 12:25 02.12.2023. O'qildi: 1274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!