Yaponiya malikasi Mikasa 101 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Yaponiya jamoat televideniyesi xabar berdi.
Qayd etilishicha, u avval hayotiy a’zolarining bosqichma-bosqich ishlamay qolishi sababli og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Malika Mikasa 2016 yilda 101 yoshida vafot etgan shahzoda Mikasaning rafiqasi edi. O‘sha paytda u Yaponiya imperatorlari oilasining eng keksa a’zosi edi. Shahzoda Mikasa Yaponiyaning sobiq imperatori Akixitoning amakisi edi. Ikkinchi jahon urushi yillarida u otliq qo‘shinda xizmat qilgan va bosib olingan Xitoydagi janglarda qatnashgan qo‘shinlar safida bo‘lgan. Taslim bo‘lganidan keyin u o‘zini tadqiqotga bag‘ishladi, Qadimgi Misr tarixini o‘rgandi va sportchi va jamoat arbobi sifatida tanildi. Shahzoda va malika Mikasa 1941 yilda turmush qurishgandi.