Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yaponiya kompaniyasi 2050 yilgacha kosmik lift qurmoqchi

Yaponiya kompaniyasi 2050 yilgacha kosmik lift qurmoqchi

Yaponiyaning Obayashi Corporation kompaniyasi 2050 yilgacha koinotga qadar lift qurishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya vakillari hozir liftni loyihalash, tegishli tadqiqotlar, korporasiyalar va muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanmoqda.

Nazariy jihatdan koinotga chiqish uchun raketani uchirish shart emas. Orbital stansiyani yer yuzasiga o‘ta yengil va o‘ta kuchli kabel orqali ulash mumkin, u bo‘ylab kosmik lift harakatlanadi - tez va arzon. Bu g‘oya jozibali, ammo bunday tuzilmani qurish juda qiyin, chunki insoniyat hali bunday kabel uchun foydalanish mumkin bo‘lgan materialni o‘ylab topmagan.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, koinot liftini qurish qiymati 100 milliard dollardan oshadi va qurilish ishlarining o‘zi 20 yildan ko‘proq vaqt olishi mumkin.

Qayd etish joiz, Obayashi bir qancha hayratlanarli loyihalarni amalga oshirgan, jumladan, dunyodagi eng baland Tokyo Skytree teleminorasini qurgan.

Kiritildi: 08:28 08.06.2024. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!