Tehron yadroviy dasturi masalasini diplomatik yo‘l bilan hal qilishga urinishlar olib borilayotgan bir paytda Yaponiya hukumati Isroilning Eronga zarbasini qoralaydi.
Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya ma’lum qildi.
"Eron yadroviy muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar, birinchi navbatda, AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar davom etayotgan bir paytda harbiy vositalar qo‘llanilgani nihoyatda afsus”, dedi u matbuot anjumanida va Yaponiya taranglikning kuchayishiga olib keladigan harakatlarni qoralashini qo‘shimcha qildi.