Bugun 4 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yaponiya hukumati Erondagi Urmiya ko‘lini tiklash uchun mablag‘ ajratdi

Yaponiya hukumati Erondagi Urmiya ko‘lini tiklash uchun mablag‘ ajratdi

Yaponiya hukumati Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyatida joylashgan Urmiya ko‘lini tiklash uchun 4,5 million dollar yordam ajratdi.

Bu haqda Eron OAVlari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, moliyaviy yordam Urmiya ko‘lini tiklash va yaqin atrofdagi aholi punktlarini botqoqlikdan himoya qilishga sarflanadi.

Qayd etilishicha, loyiha 2024-2028 yillarda BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP) va Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu Eronning botqoq hududlarini, xususan, Urmiya ko‘lini himoya qilish bo‘yicha ikki davlatning ikkinchi qo‘shma loyihasidir.

Kiritildi: 15:15 03.12.2024. O'qildi: 463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!