“Reuters” xabar berishicha, bugun Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya Sharqiy Xitoy dengizida joriy yil iyun oyidan beri ikkinchi bor “Freedom Edge” nomli harbiy mashq o‘tkazishni boshladi.
Qayd etilishicha, mashg‘ulot uch davlat mudofaa vazirlari tomonidan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik memorandumiga muvofiq uyushtirilgan. Mazkur hujjat imzolanishi chog‘ida tomonlar Koreya yarim oroli, Hind-Tinch okeani mintaqasi va boshqa hududlarda tinchlik, barqarorlikka hissa qo‘shishga sodiqligini bildirgan.
Navbatdagi mashqda Yaponiya tomonidan “Xaguro” esminesi (harbiy kema turi), Orion P-3 qo‘riqchi samolyoti, F-15 va Mitsubishi F-2 qiruvchi uchoqlari hamda Boeing E-767 havo layneri ishtirok etmoqda. Janubiy Koreya ikki esmines, jumladan “Soe Ryu Son Ryon”, Orion P-3 qo‘riqchi samolyoti va F-15 qiruvchi uchog‘ini ajratgan. AQShdan esa atom aviatashuvchisi, “Jorj Vashington”, “Higgins” esmineslari, “McCampbell”, “Dewey”, Boeing P-8 Poseidon qo‘riqchi yassi kemasi, F-15 va F-18 qiruvchi samolyotlari, Boeing KC-135 transport tankerlari kelgan.
Mashg‘ulot davomida beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari bir necha sohadagi yuqori darajali mudofaa infratuzilmasiga integrasiya qilinadi. Bunday havo kemalari raketa, havo hujumi va suv osti kemalariga qarshi mudofaa bo‘yicha kompleks, shuningdek qaroqchilikka qarshi harbiy amaliyot va kiber hujumga qarshi himoya mashqida sinab ko‘riladi.