Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 3 mln 721,8 ming so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,9 %ga ko‘pdir. 2021 yilda ish haqi 2 mln 978,9 ming so‘m edi.
Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, hududlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori miqdori Toshkent shahri (5 mln 964 ming), Navoiy (4 mln 953 ming) va Toshkent viloyatiga (3 mln 799 ming) to‘g‘ri keladi.
Eng kam miqdori esa Samarqand (2 mln 734 ming), Farg‘ona (2 mln 783 ming) va Surxondaryo (2 mln 798 ming) viloyatlarida qayd etilgan.