Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Yangiyo‘lda yashovchi fuqaro ikki kishini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yubordi

Yangiyo‘lda yashovchi fuqaro ikki kishini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yubordi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqaro ikki kishini pichoqlab o‘ldirib, jasadlarni yoqib yubordi.

Joriy yilning 23 mart kuni soat 14:30 larda mahalliy korxona agronomi 1961 yilda tug‘ilgan K.A. hamda jamiyat mutaxassisi 1984 yilda tug‘ilgan S.G. Yangiyo‘l tumanida yashovchi B.J.ni oldiga borib, unga ijaraga berilgan yer maydonlari uchun 40 mln so‘m miqdorda haq talab qilgan. Shu vaqt ularning o‘rtalarida kelib chiqqan nizo jarayonida B.J. pul bermaslik maqsadida ularni dala shiyponiga olib kirib, ikkalasini oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan.

So‘ng u o‘zining jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida murdalarni yoqib yuborib, tana qoldiqlarini ariq bo‘yiga tashlab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j”, “i” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 13:22 25.03.2023. O'qildi: 2379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!