Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Yangiyo‘l tumanida taniqli tovar belgilaridan foydalangan holda kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Yangiyo‘l tumanida taniqli tovar belgilaridan foydalangan holda kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.X. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilib, inson hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan kir yuvish kukunlarini “Mif”, “Ariel”, “Tide”, “Persil” va “Ushastiy nyan” nomli tovar belgilaridan foydalangan holda qoplarga qadoqlab ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:24 01.12.2023. O'qildi: 1248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!