Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yangiobodda kredit qarzdorligi uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirgan sobiq yetakchi mutaxassis aniqlandi

A A A
Yangiobodda kredit qarzdorligi uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirgan sobiq yetakchi mutaxassis aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ATB “Qishloq qurilish bank” Yangiobod filialining kreditlash bo‘limi sobiq yetakchi mutaxassisi N.Q. fuqaro M.B.ning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirganligi, shuningdek bank mijozlari SH.N. va M.O.dan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun qabul qilgan jami 61,4 mln so‘m naqd pullarini bank kassasiga topshirmasdan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:35 14.07.2023. O'qildi: 1756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!