Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Yangihayot tumanida o‘zganing xonadonini meros sifatida rasmiylashtirib olgan shaxslar aniqlandi

Yangihayot tumanida o‘zganing xonadonini meros sifatida rasmiylashtirib olgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.K., V.SH. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro I.K.ga tegishli xonadonni go‘yoki vafot etgan otasi T.K.ga tegishli ekanligi haqidagi soxta hujjatlarni tayyorlab, ushbu xonadonni o‘zlariga meros sifatida rasmiylashtirib olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:06 06.07.2024. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!