Avstriyada koronavirusning tarqalish darajasini aniqlash uchun shifokorlar “to‘g‘ri kelgan” 2 ming kishini tekshirmoqchi.
Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq mamlakatda faqat koronavirus alomatlari bo‘lganlar sinovdan o‘tkazilar edi, ammo endi uning mamlakatda tarqalishi haqida yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lish uchun hukumat tasodifiy sinov o‘tkazishga qaror qildi. Shunday qilib, ushbu maqsadda 2 mingta testdan foydalaniladi.
Qayd etilishicha, bunday testlar shifokorlar va supermarketlar xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladi.