Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Yangi Zelandiyalik darbadar teraktdan so‘ng islomni qabul qildi

Yangi Zelandiyalik darbadar teraktdan so‘ng islomni qabul qildi

25 yoshli Shey Kenn so‘nggi 10 oyni ko‘chada, bir savdo do‘konining yonida tilanchilik bilan o‘tkazayotgan edi. U yoshligidan giyohvand moddalarni qabul qilishni boshlagan. Shu sabab, uning hayoti mashaqqat va qiyinchiliklarga to‘la edi. Joriy yilning 15 mart kuni Kraystcherchadagi masjidda terrorchilik sodir etilgan vaqtda u singlisinikida edi. O‘sha kuni uning o‘g‘li va onasi masjid yaqinidagi uylarida bo‘lishgan. Shey ularni holidan xabar olish uchun uyiga boradi. Ma’lum vaqt o‘tib oilasi bilan halok bo‘lganlarga hamdardlik bildirish uchun voqea joyiga keladi. Ikki kun o‘tib esa ko‘chada Biz botinda hammamiz bir xilmiz so‘zlari yozilgan plakatni ko‘tarib turdi. U shu holida bir necha kun ko‘chani aylanib yurdi. Kunlarning birida Hoy, birodar degan ovozni eshitadi. Uch musulmon unga choy va qahva taklif qilishdi. Ular Sheyni Hegli bog‘idagi teraktdan jabr ko‘rganlarga yordam berish markaziga olib bordilar. U yerda uning nima ish bilan shug‘ullanganini aytdilar va taomlantirdilar. Ertasi kuni An-Nur masjidida otib o‘ldirilgan Sayd Milning janozasiga taklif qildilar. Sheyning aytishicha, o‘sha kuni uning qalbida islom diniga nisbatan iliqlik va islomni qabul qilish istagi paydo bo‘ldi.

Qalbim qanday o‘rtangani o‘zimga ayon, deydi Shey. Men Allohning: Buning bir qismi bo‘l! deganini his qildim.

Shundan so‘ng, u shahodat kalimasini keltirib musulmon bo‘ldi va ismni Musoga o‘zgartirdi.

Shu lahzadan boshlab mening hayotim o‘zgardi, deb so‘zida davom etadi Shey. Men qariyb 25 yil giyohvand bo‘ldim. Biroq o‘sha voqeadan so‘ng menda uni qabul qilish istagi butkul yo‘qoldi.

Endi Muso aksar vaqtini ko‘chada emas, balki An-Nur masjidida o‘tkazmoqda. Hozirda u boshpanasizlar uchun mo‘ljallangan markazda yashayapti.

Kiritildi: 11:16 19.04.2019. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!