Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Yangi Zelandiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi

Yangi Zelandiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi

Yangi Zelandiya Ukraina tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi, bu esa besh jismoniy va olti yuridik shaxsga ta’sir ko‘rsatdi.

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Uinston Piters ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar yadro xavfsizligiga jiddiy tahdid soladigan Zaporojye atom elektr stansiyasini bosib olish bilan bog‘liq tashkilotlarga qaratilgan. U Rossiya tomonini o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishga chaqirdi.

Bugungi kunga qadar Yangi Zelandiya Rossiya Federasiyasining 1700 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi sanksiyalar kiritdi, shuningdek, bir qator savdo cheklovlarini o‘rnatdi.

Kiritildi: Bugun 16:15. O'qildi: 162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!