Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Aziz Voitov davlat byudjetiga 150 mlrd zarar yetkazganlikda ayblanmoqda

Aziz Voitov davlat byudjetiga 150 mlrd zarar yetkazganlikda ayblanmoqda

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov jinoyatining bir qismi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi sifatida ishlagan davri bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi. Ayblov xulosasida Voitov talon-taroj qilgan kredit mablag‘lari, byudjet pullari orqali davlatga 200 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan. Talon-toroj ishlari ayblanuvchining qaynotasi, kursdoshi va boshqa yaqinlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Qo‘yilgan ayblovda keltirilishicha, Voitov 2016 yil 23 iyunda kursdoshi A. O‘runboyevning nomiga "Lanell group" MCHJni tashkil etib, uni jamiyatga nominal rahbar sifatida tayinlagan. Aslida esa, bu jamiyat faoliyati Voitovning qaynotasi A. Karimov va turmush o‘rtog‘i G. Voitova tomonidan norasmiy ravishda birgalikda boshqarilgan. Bu harakatlar orqali U TIF "Milliy bank" Akademik filialidan jami 21,7 mlrd so‘m kreditni muammosiz olishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, kredit olish uchun biznes rejada kalava iplarni bo‘yash va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish orqali kreditni so‘ndirish ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, kredit mablag‘larini qasddan to‘lamay kelgan.

Shuningdek, "Lanell group" MCHJga aylanma mablag‘ini to‘ldirish uchun garov ta’minoti "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Olmazor filialidan 600 ming yevro kredit olgan. 2019-2022 yillar oralig‘ida to‘lanishi kerak bo‘lgan kredit 2027 yil sentyabr oyiga qadar 7 marotaba noqonuniy yo‘llar bilan uzaytirilgan.

Sobiq Qishloq xo‘jaligi vaziri va uning tanishlari 2018-2019 yillarda "Beltepa master stroy" MCHJga jami 48,5 mlrd so‘mlik kredit ajratib, 7 qavatli turarjoy binosini qurgan. Xususan, bitkazilgan binoni qimmat narxlarda bank balansiga topishirish to‘g‘risida bank bilan kelishib olishgan. Hamkorlikda qilingan talon-taroj ishlari noqonuniy mablag‘larni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan ayblanib, bankga 32 mlrd 394,7 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, tergov jarayonida sobiq vazir yuqorida ko‘rsatilgan ayblovlarga qisman iqror ekanini bildirgan.

Kiritildi: 23:58 23.09.2024. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!