Zoyir Mirzayev raisligida bugun bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida viloyatimizda yangi lavozimda ish boshlagan rahbarlar tanishtirildi. Viloyat hokimining tegishli farmoyishi, yuqori turuvchi idoralar rahbarlarining tegishli qarori bilan:
➖Mirsultonov Miraziz Bahromovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
➖Odilov Olim Homidovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
➖Ubaydullayev Umidjon Raimqulovich Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimiga;
➖Isroilov Farhod Obidxo‘jayevich «Urug‘chilikni rivojlantirish markazi»ning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi DUK boshlig‘i lavozimiga;
➖Olim Sulaymonov Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.