Prezident qarori bilan 2025 yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
28 dekabr, shanba — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
29 dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
30 dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14 dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
31 dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
1 yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
2 yanvar, payshanba — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4 yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.