Hindistonning janubiy shtati Andhra Pradesh shahrida suvning ifloslanishiga bog‘liqligi aytilayotgan noma’lum kasallikka chalinganlar soni ortishda davom etmoqda.
Yakshanba kunidan boshlab kasalxonalarga 848 kishi bosh aylanishi, tutqanoq va titrash alomatlari bilan kirib keldi. Bitta o‘lim qayd etildi. Shu bilan birga, shifokorlar hozirgi kunda aniq diagnoz qo‘ya olmayapti.
Kasallikning asosiy versiyasi sifatida xlorororganik moddalar ta’siri ekanligi aytilmoqda.
Avvalroq shtat hokimiyati kasallikning tarqalishi koronavirus bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilgan yedi. Mutaxassislar ushbu kasallikka suvning og‘ir metallar, fosfororganik birlashmalar yoki pestisidlar bilan ifloslanishi sabab ekanligi haqida gapirmoqda.