Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

“Yangi O‘zbekiston bog‘i”da attraksion bo‘lmaydi

A A A
“Yangi O‘zbekiston bog‘i”da attraksion bo‘lmaydi

Samarqand shahrining Qorasuv massivida “Agromir Building” MCHJ tomonidan “Yangi O‘zbekiston bog‘i” barpo etilmoqda. Bu yerga Turkiya davlatidan 27 turdagi 8 ming tup qimmatbaho navli manzarali daraxt nihollari olib kelib ekildi.

Daraxtlarni sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida 4 dona yer osti qudug‘i qazilgan bo‘lib, ushbu nihollarni parvarishlash uchun bog‘bonlar guruhi ham Turkiya davlatidan jalb qilingan. Ular ko‘chatlarning unib, o‘sishini ta’minlash, shuningdek, hudud iqlim va tuproq sharoitiga moslashtirish ishlarini olib boradilar. E’tiborlisi, 50 gektarlik mazkur bog‘da hech qanday attraksion o‘rnatilmaydi va ko‘ngilochar ko‘chma barlar ham bo‘lmaydi.

Bu yerda shahar aholisi va mehmonlar yashillikdan bahra olib, ochiq havoda hordiq chiqarishadi. Buning uchun bog‘da sokinlik muhiti yaratilib, o‘tirish uchun o‘rindiqlar o‘rnatiladi, kitob o‘qish uchun sharoit yaratiladi.

Shuningdek, ertalabki badantarbiya uchun velosiped yo‘laklari barpo etiladi. Odamlarning sayr qilishi, sport mashg‘ulotlarini olib borishi uchun sharoit yaratiladi.

Hozirda mazkur ishlar tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 17:40 30.01.2022. O'qildi: 3348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!