Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Yangi o‘quv yilida rus tili bo‘yicha 600 mingta yangi darsliklar chop etiladi

A A A
Yangi o‘quv yilida rus tili bo‘yicha 600 mingta yangi darsliklar chop etiladi

Rossiya ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi “Klass!” tashabbusi doirasida birgalikda Toshkentda rus tilidan 100 mingta yangi darslik chop etishdi, Xalq So‘zi xabariga asosan.
Ushbu darsliklardan yangi o‘quv yilida o‘zbek maktablarining ikkinchi sinf o‘quvchilari shug‘ullanishadi. Umumiy hisobda 600 mingga yaqin kitoblar chop etilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu darsliklar yangi o‘quv dasturiga muvofiq, rus tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ularni yaratishda Rossiya va O‘zbekistonning yetakchi mualliflari ishtirok etishdi. Jamoaga Gersen nomidagi RGPU (Rossiya Davlat Pedagogika universiteti) qoshidagi ko‘m madaniyatli va ikki tilli OTMlar aro Markazi direktori Yelizaveta Xamrayeva boshchilik qildi.
“Klass!” loyihasi doirasida rus tili yangi darsliklari 3-7 sinf o‘quvchilari uchun foydalaniladi, yangi o‘quv yilidan boshlab esa – 8-11 sinf o‘quvchilari uchun.
O‘zbek tilida tahlim oladigan maktablar uchun rus tili bo‘yicha butunlay yangi darslik ishlab chiqish 2021/2022 yil oxirida yakunlanadi. Shu bilan bir vaqtda rus tilida ta’lim oladigan o‘zbek maktablari uchun o‘quv-darsliklari ishlab chiqish ham boshlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda 2020 yilda va 2021 yilning birinchi yarmida rus tili bilimlari bo‘yicha o‘quvchilar va o‘qituvchilar orasida keng ko‘lamli audit o‘rkazishgan edi. O‘shanda 13 mingga yaqin o‘zbekistonlik o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘z rus tili bilimlari va pedagogik kompetensiyalarini tekshirishgan edi. Rossiyalik o‘qituvchilar O‘zbekistonning 70ta maktablarida ish faoliyati olib borishgan edi. 2021 yilning sentyabr oyida yana 100 nafar mutaxassis O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda: 80 nafaro‘qituvchi va 20 nafar metodistlar.

https://xs.uz/ru/post/600-tysyach-uchebnikov-po-russkomu-yazyku-poluchat-shkoly-strany-v-novom-uchebnom-godu

Kiritildi: 22:17 11.08.2021. O'qildi: 3460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!