Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Yangi tashkil etilgan “Issiqlik ta’minoti”ga boshqaruv raisi tayinlandi

Yangi tashkil etilgan “Issiqlik ta’minoti”ga boshqaruv raisi tayinlandi

Hukumat qarori bilan Ilhom To‘rayev “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar u Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va ekspluatasiya faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

“Issiqlikta’minoti” AJ prezidentning 2025 yil 11 martdagi qarori bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgandi.

Kiritildi: 14:16 02.04.2025. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!