Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Yangi tartib: endi ID-karta orqali ikki marotaba gaz olish mumkin

A A A
Yangi tartib: endi ID-karta orqali ikki marotaba gaz olish mumkin

Endi qo‘shimcha gaz balloni olish bilan bog‘liq har bir murojaat joyiga chiqqan holda mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, oila a’zolari ko‘p bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tgan uy xo‘jaliklari endi belgilangan muddatda o‘z ID-karta orqali ikki marotaba gaz olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda "Hududgazta’minot" AJ axborot xizati ma’lum qildi.

Bundan tashqari, yangi iste’molchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi ham yangilandi. Bunda xonadonda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, oshxona va gaz jihozlari belgilangan talab va standarlarga mos kelishiga alohida e’tibor qaratildi.

Gaz ballonni ishga tushirish va sozlash xizmati uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuziladi hamda tasdiqlangan jadval asosida manzilga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Kompaniya axborot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur qaror qariyb to‘rt mingta iste’molchi murojaatini o‘rganish natijalari asosida qabul qilingan bo‘lib, ularning 40 foizi ikkinchi gaz ballon olish masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Kiritildi: 23:07 31.05.2022. O'qildi: 6083 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!