Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk solig‘i pasaytiruvchi koeffisiyentda to‘lanadi

Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk solig‘i pasaytiruvchi koeffisiyentda to‘lanadi

O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan Soliq kodeksining 414-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari bo‘yicha (bundan respublika shaharlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar mustasno) soliq to‘lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha hisoblangan summani:

3 qavatli binoga — 0,9;
4 qavatli binoga — 0,8;
5 qavatli binoga — 0,7;
6 qavatli binoga — 0,6;
7 va undan yuqori qavatli binoga — 0,5 pasaytiruvchi koeffisiyentni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘laydi.

Bunda pasaytiruvchi koeffisiyent:

Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalarni, xususan, ofis uchun va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni realizasiya qilish uchun xonalarni, tegishli kasbni egallash uchun tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish xonalarini hisobga olgan holda, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binosi umumiy maydonining 20 foizidan oshmasa;

Agar binodan bir nechta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ishlab chiqarish maqsadlarida birgalikda foydalanayotgan bo‘lsa, binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llaniladi.

Kiritildi: Bugun 12:18. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!