Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Yangi Namangan tumanida 380 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Yangi Namangan tumanida 380 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.A.” MCHJ rahbari A.U. “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filiali bosh mutaxassisi A.A. bilan o‘zaro til biriktirib, tijorat bankining kredit mablag‘i evaziga sotib olingan 380 mln so‘mlik tikuvchilik dastgohlarini ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ymasdan, dastgohlarni naqd pulga sotib yuborib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:53 04.10.2022. O'qildi: 1733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!