Avvalroq Krishtianu Ronalduning "Al Nassr" klubi bilan yangi shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.
Yangi kelishuvga ko‘ra futbolchi haftasiga 3,6 million yevro maosh oladi. Shuningdek, futbolchining shartnomasi jamoaning natijasiga qarab, qo‘shimcha bonuslar ham qo‘shilishi yozilgan.
Krishtianu Ronaldu «Al Nassr» safida 2023 yilning yanvaridan beri harakat qilib kelmoqda. Shu vaqt ichida portugaliyalik hujumchi 84 ta uchrashuvda maydonga tushib, 75 ta gol urdi va 18 ta golga assist qayd etdi.