1. Ushbu oyatni o‘qish:
قَالَ رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِي يَفْقَهُوا قَوْلِي
“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohuu qovliy”
“Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) echib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar” (Toho surasi, 25-28 – oyatlar).
“Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil xoyri”
“Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin”.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “(Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko‘radi” (Oli Imron surasi, 195-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, sizlardan biringiz biror ish qilsa, Alloh uni puxta qilishini sevadi”, deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
“Mol (va boylik)laringizni o‘rtalaringizda botil (yo‘llar) bilan yemangiz!” (Baqara surasi, 188-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim aldamchilik qilsa, bizdan emas”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Manba: muslim.uz