Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yandeks qo‘shma korxonadagi Uberning to‘liq ulushini sotib oldi

A A A
Yandeks qo‘shma korxonadagi Uberning to‘liq ulushini sotib oldi

«Yandeks» «Yandeks Taksi» kompaniyalar guruhidagi Uber taksi agregatorining barcha ulushini sotib oldi. Bitimning umumiy qiymati 702,5 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda «Yandeks» xabarida ma’lum qilindi.

«Shartnomaga ko‘ra, Yandeks kompaniyalar guruhining yagona egasiga aylanadi. Ushbu kompaniyalar guruhiga taksi bron qilish, avtomobillarni almashish va skuterlarni ijaraga berish xizmatlari kiradi. Tomonlar tartibga soluvchi organlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, kelishuvning umumiy summasi 702,5 million dollarni tashkil etadi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘zgarishlar foydalanuvchilar va hamkorlar uchun xizmat ko‘rsatilishiga ta’sir qilmaydi.

«Yandex Taksi» va Uber 2018 yilda Rossiya va bir qator MDH mamlakatlarida MLU B.V. qo‘shma korxona tashkil etdi. Qo‘shma kompaniya ishining boshida Yandeks 100 million dollar, Uber esa 225 million dollar sarmoya kiritgan.

2021 yilda «Yandeks» Uberdan «Yandeks Yeda», «Yandeks Lavka» va «Yandeks Dostavka» xizmatlarining ulushini 1 milliard dollarga sotib oldi.

Kiritildi: 10:53 23.04.2023. O'qildi: 1371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!