Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Yana uchta vazirlikning 116 rahbar xodimi 107 ta biznesga egaligi aniqlandi

Yana uchta vazirlikning 116 rahbar xodimi 107 ta biznesga egaligi aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda, 116 nafar boshqaruv xodimi 107 ta tadbirkorlik sub’ektida ta’sischi sifatida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlangan.

Jumladan, Transport vazirligining 50 ta boshqaruv xodimlari 55 ta tadbirkorlik sub’ektlarida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 37 ta boshqaruv xodimlari 39 ta tadbirkorlik sub’ektlarida hamda Madaniyat vazirligining 20 ta boshqaruv xodimlari 22 ta tadbirkorlik sub’ektlarida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.

Agentlik tomonidan ushbu qonunbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli vazirliklarga taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.

Avvalroq, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklarining 398 rahbar xodimi 449 ta biznesga egaligi aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 13:03 13.09.2024. O'qildi: 1835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!