Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Yana Samarqandda AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

Yana Samarqandda AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

Yurtdoshlarimizning xavfsizligini ta’minlash, noqonuniy migrasiyaga chek qo‘yish borasida o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlardan xulosa chiqarmagan ayrim kimsalar hamon nafs ortidan jinoyatga qo‘l urmoqda.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir shunday holat fosh etildi. Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan Z.N. va Samarqand tumani Urganji mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor J.Z. Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F.A.ni “Toshkent – Istanbul – Lissabon – Gvatemala – Meksika - AQSH” yo‘nalishi orqali Amerikaga noqonuniy ravishda o‘tkazishni va’da qilib, undan 23 ming AQSh dollari miqdorida pul so‘ragan. “Xojatbaror” fuqarolar F.A.dan 10 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozir ikkala fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 09:53 21.01.2024. O'qildi: 1656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!