Polsha prezidentining matbuot kotibi Blajey Spixalskiyning ma’lum qilishicha, Dudaning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.
Duda ma’muriyati tibbiy xizmatlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Polshada oxirgi kunlarda koronavirusga chalinish bo‘yicha antirekordlar qayd qilinmoqda. So‘nggi sutkada mamlakatda 13 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd qilingan.
19 oktyabrda Varshavadagi milliy stadion koronavirusga chalinganlar uchun dala gospitaliga aylantirilishi ma’lum qilingan. Polsha hukumati bunday gospitallarni mamlakatning boshqa yerlarida ham tashkillashtirishga tayyorligini ma’lum qilgan.
21 oktyabrda Polshaning bir qator shaharlari koronavirus sababli Yangi yil tantanalarini bekor qilishga qaror qilgan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Polshada koronavirusga chalinganlar soni 241 mingdan oshib ketdi, infeksiyadan 4,3 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan.