Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yana bir davlat AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi

A A A
Yana bir davlat AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi

Slovakiya AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Zuzana Eliashova ma’lum qildi.

«Slovakiya AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi. Bu birinchi doza bilan emlanmaganlarga taalluqli», – dedi Eliashova.

Birinchi doza bilan emlanganlar vaksinaning ikkinchi dozasini ham oladi.

AstraZeneca vaksinasidan foydalanish to‘xtatilishiga 47 yoshli ayolning o‘limi sabab bo‘ldi. Slovakiya farmasevtika regulyatori ayolning o‘limi AstraZeneca vaksinasi bilan bog‘liqligini tasdiqlagan.

Avvalroq Fransiya AstraZeneca vaksinasini yangi shtammlarga qarshi qo‘llamaslikka qaror qilgandi.

  •  
Kiritildi: 10:30 12.05.2021. O'qildi: 1876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!