Azerbaijan Airlines halokatidan so‘ng dunyoning ko‘plab aviakompaniyalari Rossiyaga reyslarni bekor qilmoqda. Shuningdek, Air Serbia ham Belgraddan Sochi va Qozonga parvozlarni mart oyining oxirigacha bekor qildi.
Parvozlar bekor qilingani haqida aviakompaniya rasmiy bayonot bermagan, biroq parvozlar jadvalidagi o‘zgarishlar buni ko‘rsatib turibdi. Qayd etilishicha, Air Serbia Moskva va Sankt-Peterburgga esa parvozlarni davom ettiradi.