Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bahslari yakunlanmoqda. Ortda qolgan kun O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l olish bilan birga o‘zlari uchun shohsupadan joy hozirlab qo‘yishdi.
-54 kg: Nigina O‘ktamova — Yoseline Perez (AQSh) 2:3
-60 kg: Sitora Turdibekova — Viktoriya Grafeeva (Qozog‘iston) 1:4
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Nupur (Hindiston) 1:4
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Tady Joyse (Irlandiya) 2:3
-70 kg: Shavkatjon Boltayev — Zeyad Eashash (Iordaniya) 0:5
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Nurbek Oralbay (Qozog‘iston) 5:0
-90 kg: To‘rabek Xabibullayev — Sag‘indik Tog‘ambay (Qozog‘iston) 5:0
-51 kg: Feruza Kazakova — Mungunsaran Balsan (Mo‘g‘iliston) 5:0
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Jasmin (Hindiston) 0:5
-65 kg: Navbahor Hamidova — Sacha Hikkey (Angliya) 4:1
-60 kg: Abdumalik Xalokov — Bibars Jeksen (Qozog‘iston) 5:0
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Yertug‘an Zeinulinov (Qozog‘iston) 5:0
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Hamza Sriri (Belgiya) 5:0
+90 kg: Jahongir Zokirov — Omar Shiha (Norvegiya) 5:0
Dasturga ko‘ra, bugun musobaqada dam olish kuni.