Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Yana 266 nafar yurtdoshimiz Buxoroda karatinga olindi

Yana 266 nafar yurtdoshimiz Buxoroda karatinga olindi

Viloyat hokimligida tegishli boshqarma, tashkilot va korxonalar mas’ul xodimlaridan tarkib topgan «SOVID-19» o‘tkir yuqumli kasalligiga qarshi kurashish va uning tarqalishining oldini olish bo‘yicha viloyat Shtabidan olingan ma’lumotga binoan, kuni kecha, ya’ni 24 mart kuni yarim tunda Rossiya Federasiyasidan 614-sonli reys bilan “Vnukovo - Buxoro” yo‘nalishida uchgan aviareys qabul qilindi.

Samolyot bortida 266 nafar mamlakatimiz fuqarolari favqulodda holatdan kelib chiqqan tartib-qoidalar asosida kutib olindi.

Shaxsiga to‘xtalsak, ularning 202 nafari erkak, 64 nafari ayol va 11 nafari voyaga yetmaganlar. Yo‘lovchilarning 7 nafari nafaqa yoshidagilardan iborat bo‘lsa, ularning 4 nafari chet davlatdan deport qilinganlardir. Tarkibda viloyatimizdan tashqari, Toshkent shahri hamda viloyati, shuningdek, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, vodiy viloyatlaridan, qolaversa, Qoraqalpog‘iston respublikasidan yurtdoshlarimiz bor.

Buxoro xalqaro aeroportida tegishli tartibda karantin me’yorlariga muvofiq qarshi olingan yo‘lovchilar orasidan tana harorati yuqori bo‘lganligi sababli 4 nafar fuqaro viloyat Yuqumlik kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Qolgan yo‘lovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazardan qattiq nazorat o‘rnatilgan.

Afsuski, aviabortda Vobkent tumanida istiqomat qilgan bir nafar fuqaroning jasadi ham qabul qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Federasiyasiga qatnab, ishlab yurgan bu fuqaro insult kasalligi natijasida chet elda vafot etgan.   

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Kiritildi: 15:05 25.03.2020. O'qildi: 2461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!