Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Yana 200dan ortiq yurtdoshimiz koronavirusdan tuzaldi

Yana 200dan ortiq yurtdoshimiz koronavirusdan tuzaldi

Bundan avval poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgani haqida xabar bergan edik.

❗️Shu soatlarda esa poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 56 nafar, Nuroniylar sihatgohida 107 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 205 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

❗️Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan tuzalganlar soni 4 652 nafarni tashkil qilmoqda. 

❗️Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 464 nafarga, Namangan viloyatida – 298 nafarga, Buxoro viloyatidi – 518 nafarga yetdi.

‼️Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 7 287 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 22:30 09.07.2020. O'qildi: 2652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!