Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Yamayka Oliy sudi maktabga soch o‘rimlari bilan borishga ruxsat berdi

A A A
Yamayka Oliy sudi maktabga soch o‘rimlari bilan borishga ruxsat berdi

Yamayka Oliy sudi maktab o‘quchilariga o‘quv muassasiga maxsus soch o‘rimlari — dredlar bilan kelishga ruxsat berdi. Bunday qaror besh yoshli qizchaning onasi tomonidan qilingan da’vo va nufuzli Kingston umumta’lim maktabi sababli qabul qilingan, deb yozmoqda The Washington Post.

Sherin Virgo o‘qish boshlanishidan oldingi ota-onalar majlisida maktab direktori undan bolasining boshidagi soch o‘rimlarini kesib tashlashni talab qilganidan keyin sudga murojaat qilgan. Direktorning so‘zlariga ko‘ra, maktabdagi bunday soch o‘rimlariga taqiq gigiyena bilan bog‘liq va bit tarqalishining oldini olishga qaratilgan. Biroq ayol rahbariyatning ko‘rsatmasini bajarishdan bosh tortgan.

Yakunda bu ish Oliy sudgacha borgan. Sud esa qizga maktabga soch o‘rimi bilan borishga ruxsat berish haqida qaror qilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 00:20 30.08.2018. O'qildi: 3980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!