Yaman davlatida uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan oilalar xavfsizligini ta’minlash uchun shoshilinch yordam zarur. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi (UNHCR) ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.
– Yamanda 4,8 million kishi ichki darajada ko‘chirilgan. Ularning ko‘pchiligi bir necha marta qochishga majbur bo‘ldi, – deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, xavfsiz boshpana topish deyarli imkonsiz, evakuasiya xavfi o‘sishda davom etyapti. Shu munosabat bilan yamanlik oilalarni himoya qilish uchun zudlik bilan qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.