Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yaman husiylari Tel-Avivdagi Ben-Gurion xalqaro aeroporti tomon gipertovushli ballistik raketa uchirganini ma’lum qildi

Yaman husiylari Tel-Avivdagi Ben-Gurion xalqaro aeroporti tomon gipertovushli ballistik raketa uchirganini ma’lum qildi

Isroil hukumati esa bu raketa urib tushirilganini bildirdi. "Yamandan uchirilgan raketa Isroil hududiga kirguniga qadar zararsizlantirildi", deya ma’lum qildi SAXAL matbuot hizmati.

Avvalroq Isroil Mudofaa kuchlari HAMAS nishonlariga havo hujumlarini, shuningdek, G‘azo sektorida quruqlikdagi operasiya qayta boshlanganini e’lon qilgan edi. Bugun tunda havo zarbalari oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligi vakilining ma’lum qilishicha, raketa zarbalari Xon-Yunisning sharqidagi uylarga berilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘nlab odamlar jarohatlangan.

Kiritildi: 13:57 20.03.2025. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!