Yaman husiylari 19 yanvardan boshlab Isroilga raketa va dronlar bilan hujum qilishni to‘xtatishini e’lon qildi.
Bu haqda Ediot Ahronot nashri husiylar vakiliga tayanib xabar bermoqda.
Shu bilan birga, The Times of Israel nashrining yozishicha, husiylar Isroilni "mintaqa barqarorligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi davlat" deb hisoblashda davom etmoqda.
19 yanvar kuni Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv kuchga kirishi kutilmoqda.