Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yamaldan yangi rekord!

Yamaldan yangi rekord!

"Barselona" Ispaniya chempionatining birinchi turida "Malyorka"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Kataloniyaliklarning uchinchi golini vinger Lamin Yamal urdi. Bu gol "ko‘k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi uchun La Ligadagi 15-si bo‘ldi, deb xabar berdi "Opta Sports".

U XXI asrda Ispaniya chempionatida shuncha o‘yinda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Yamal bunga 18 yoshu 34 kunligida erishdi. U 19 yoshu 188 kunda 15-golini urgan sobiq jamoadoshi Ansu Fatining rekordini yangiladi.

Kiritildi: 09:30 23.08.2025. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!